Yangiliklar

🛒 Aholi isteʼmoli uchun zarur mahsulotlar nazoratda

🛒 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Oʻzbekiston va Oʻrikzor mahallalarida boʻlib, savdo rastalari hamda doʻkonlardagi oziq-ovqat va xalq isteʼmoli uchun zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi holatini oʻrgandilar.

📌 Oʻrganishlar davomida aholiga zarur bo‘lgan kundalik mahsulotlarning sifati, mavjudligi va narxlar barqarorligiga alohida eʼtibor qaratildi.

🤝 Fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va fikrlari tinglandi hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌱 Aholi manfaatini taʼminlash, bozorlarda barqarorlik va qulaylik yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda!

Slide 1 of 4