Yangiliklar

Infratuzilma loyihalari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna “Do‘stlik” MFY hududida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

📍 O‘rganish davomida mahallada yangidan barpo etilayotgan:
🔹 piyodalar yo‘laklari (trotuarlar);
🔹 elektr ustunlari va elektr uzatish tarmoqlari;
🔹 tungi yoritish chiroqlari qurilishi hamda ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

💡 Asosiy e’tibor bajarilayotgan ishlar sifati, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar va loyihalarning o‘z vaqtida yakunlanishiga qaratildi.

Slide 1 of 5