Yangiliklar

9-IYUN – XALQARO ARXIVLAR KUNI

9-IYUN – XALQARO ARXIVLAR KUNI

Hurmatli arxiv sohasi xodimlari va faxriylari!

Sizlarni 9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizning kechmishi, buguni va kelajagini bog‘lovchi noyob hujjatlarni saqlash, ularni ilmiy muomalaga kiritish hamda kelgusi avlodlarga yetkazishdek sharafli va mas’uliyatli vazifa aynan sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda arxiv ishini rivojlantirish, sohani raqamlashtirish va zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlarda sizlarning munosib hissangiz alohida e’tirofga loyiqdir.

Shu munosabat bilan barcha arxiv sohasi xodimlari va faxriylariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi

Slide 1 of 1