📌 Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv va huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi
🗣 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S. Abdulaxatova tomonidan “Kattabog‘” mahallasidagi 86-sonli oilaviy poliklinikada faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb masalalar, tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
📖 Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martda qabul qilingan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–528-son Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
⚖️ Targ‘ibot davomida fuqarolarning reproduktiv salomatlik sohasidagi huquqlari, davlat kafolatlari hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
✅ Bunday uchrashuvlar tibbiyot xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish, amaldagi qonunchilik mazmunini keng targ‘ib etish va aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.