#kotibiyat_faoliyati
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi faoliyati samaradorligini oshirish, doimiy komissiyalar ish yurituvini tizimli tashkil etish hamda raqamli platformalar imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O`rganish jarayonida doimiy komissiya qarorlarining belgilangan tartib talablari asosida rasmiylashtirilish holati, “E-kengash” elektron platformasi orqali deputatlar nomiga kelib tushayotgan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi va ularning ijro etilish holati tahlil qilindi.
Ish jarayonini yanada jonlantirish va tizimlilikni ta’minlash bo‘yicha tuman Kengashi kotibiyati xodimlariga zarur metodik tavsiyalar berildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook