Yangiliklar

#24_ta_masala #HOKIM_VA_DEPUTAT

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori va Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat xodimlari ishtirokida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Mas’ullar "Bo‘ston" mahallasida joylashgan Axborot-kutubxona markazi faoliyati, u yerda kitobxonlar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida muassasada aniqlangan muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilinib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish hamda aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun qulay sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va vazifalar belgilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz

Slide 1 of 5