Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Shifokor” mahallasida "Yettilik" hamkorligi va tozalik masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengash deputati O.Lapasova saylov okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

💬 Tadbir davomida mahalla raisining hududdagi "yettilik" vakillari bilan hamkorlik yo‘nalishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida atroflicha tahlil qilindi.

💬 Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

▶️Aholi muammolarini birgalikda hal etishdagi muvofiqlashuv darajasi;
▶️Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashda "yettilik" a’zolarining birgalikdagi tashabbuslari;
▶️Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish va sog‘lom muhit yaratishdagi hamkorlik.

💬 Shuningdek, o‘rganishlar davomida mahalladagi sanitariya-gigiyena holati, xususan, chiqindilarni o‘z vaqtida va muntazam olib ketilishi masalasi bevosita ko‘zdan kechirildi.

💬 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha mahalla faollariga tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2