Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Barqarorlik – mahalla xavfsizligidan boshlanadi
янв.21
Mahallaga mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muammolar mahalla doirasida qay darajada hal etilmoqda...
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangi intensiv bog‘lar
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
янв.21
Kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalar xatlovi o‘rganilmoqda
янв.21
Ijtimoiy infratuzlma rivoji va obodonlashtirish - muhim jarayon
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputat ijtimoiy xodim faoliyatini joyiga chiqib o’rgandi.

5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva Bog’cha mahalla aholi muammolarini o’rganish, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida joylarga chiqqan holda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O’rganish davomida sharoiti og’ir, nogironligi bo’lgan fuqaro yashab kelayotgan xonadon holati atroflicha ko’zdan kechirildi. Ma’lum bo’lishicha, mazkur uy ancha vaqtdan beri ta’mirtalab holatda bo’lib, bu esa xonadon ahlining kundalik hayotida muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Shu munosabat bilan bugungi kunda uyda ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Jumladan, xonadonning eskirib ketgan eshik va derazalari to’liq yangilanib, ularning o’rniga zamonaviy va sifatli jihozlar o’rnatilmoqda. Bu esa nafaqat uyning ko’rinishiga, balki uning issiqlikni saqlash, qulay va xavfsiz yashash sharoitini yaratishda muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, xonalarni ta’mirlash, devor va shiftlarni tiklash, pol qismini yaxshilash kabi ishlar ham izchillik bilan olib borilmoqda.

Mazkur amaliy ishlar ijtimoiy xodim tashabbusi asosida, tegishli tashkilotlar va homiylar hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, oilaning turmush darajasini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ijtimoiy xodim tomonidan xonadon a’zolari holidan muntazam xabar olib turilayotgani, ularning ehtiyojlari o’rganilib, manzilli yordam

ko’rsatish ishlari yo’lga qo’yilgani qayd etildi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, ta’mirlash jarayonlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, shuningdek, oilaga qo’shimcha ijtimoiy ko’maklar ajratish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, mazkur masala doimiy deputatlik nazoratiga olingani ta’kidlandi.

 
 

Slide 1 of 1