#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Toxirshayx mahallasida hokim yordamchisi bilan birgalikda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Jarayonda ish bilan ta’minlashga muhtoj fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. O‘rganish davomida bir nafar fuqaroning bandligini ta’minlash masalasi joyida hal etilib, doimiy ishga yo‘naltirildi.
Shuningdek, mahallada aholi daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|