Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi, kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan tumanda qurilishi davom etayotgan yangi ko‘p qavatli uy-joylarning holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, infratuzilma bilan ta’minlanish darajasi hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish jarayonlarini sifatli tashkil etish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish hamda aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Slide 1 of 3