📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida 🎡 Kitob tumanida aholining, ayniqsa, yosh bolalarning maroqli va xavfsiz hordiq chiqarishlarini ta’minlash choralari o'rganildi. O‘rganish ishlari aynan tumandagi markaziy Xiyobon holati va undagi ko‘ngilochar maskanlar faoliyatiga qaratildi. 🕵️♂️ Tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, XDP Kitob tuman Kengashi raisi Z.Norova hamda tuman Kengashi deputatlari R.Kamilov va A.Omonovlar xiyobondagi umumiy holat va attraksionlarning xavfsizlik darajasini o‘rgandilar. ➡️ O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi: Attraksionlarning texnik sozligi va tegishli ko‘rikdan o‘tganligi; Fuqarolar hamda bolajonlar uchun xavfsizlik choralarining to‘liq ta’minlanganligi; Hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari. O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.