Yangiliklar

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Zamira Saparovna Raximova o‘zi saylangan Bog‘zor mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi Sobirov Sanjar faoliyatini o‘rgandi. Shuningdek, u hokim yordamchisi tashabbusi bilan ipak qurti parvarishi bilan shug‘ullanayotgan aholi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Deputat hududda aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va oilalar daromadini oshirish hamda mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda pillachilik muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, mehnatkash fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini tizimli hal etish xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi ustuvor vazifalardan biri ekani qayd etildi.

Slide 1 of 1