Yangiliklar

⚖️ DEPUTAT SO‘ROVI MONITORINGI

🇺🇿Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati tomonidan "deputat so‘rovlarining ijrosi" yuzasidan tanqidiy-tahliliy monitoring ishlari olib borilmoqda.

🦅Monitoring jarayonida davlat organlari, korxona va tashkilotlar tomonidan deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida va qonunchilik talablari asosida munosabat bildirilishi alohida nazoratga olingan.

🇺🇿Shuningdek, Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida "deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda murojaatlar va so‘rovlar ijrosi ustidan qat’iy monitoring o‘rnatish" bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilangan.

🇺🇿Aniqlangan kamchilik va qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

✅Nazorat va ijro intizomi — har bir rahbarning ustuvor vazifasidir.