Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati S.Suvonkulov tomonidan “Parvoz” MFY aholisidan kelib tushgan murojaat asosida tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda Aviasozlar 1-mavze hududidagi yo‘laklarda noqonuniy savdo-sotiq, antisanitar holat va shovqin-suron aholi noroziligiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

❗️Deputat so‘rovida holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish, noqonuniy savdoga chek qo‘yish, jamoat tartibini ta’minlash hamda hududga patrul xizmati xodimlarini biriktirish masalasini ko‘rib chiqish so‘raldi.

Slide 1 of 1