Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanadi
янв.21
Hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar natijadorilgi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur...
янв.21
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
янв.21
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi
янв.21
Zamonaviy markaz foydalanishga topshirildi!
янв.21
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.
янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi.
#ehtirom

Bugun erta tongda Zangiota tumanidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyida Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda bugungi osoyishta hayotimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbir davomida yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ezgu tilak va samimiy minnatdorlik izhor etildi.

Xotira va qadrlash ruhida o‘tgan ushbu tadbirda Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov boshchiligida harbiy tuzilmalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlarining faol xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoyi insonlarning jasorati, mardligi va matonati yod etilib, ularning xotirasi chuqur ehtirom koʻrsatildi. Zero, ajdodlar xotirasini ulug‘lash, ularning mardonavor hayot yo‘lini yosh avlodga namuna sifatida targ‘ib etish — bugungi kunning muhim ma’naviy qadriyatlaridan biridir.

Ana shunday qutlug‘ va mazmunli tadbirlar xalqimizning birdamligi, Vatanga muhabbati hamda milliy qadriyatlarga bo‘lgan yuksak hurmatini yana bir bor namoyon etadi.

✅Telegram (https://t.me/zangiota_tumani_hokimligi) 📹YouTube (https://youtube.com/@zangiotatumanhokimligi9256?si=-iq-ZO0K7omPOyRp)💬Fecebook (https://www.facebook.com/share/1Mf2arbzar/)🌐Website (https://gov.uz/oz/zangiota)📸Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_tumani_hokimligi?igsh=MXFvYjFrY2Fzendsbw==)

Kanalga ulanish (https://t.me/zangiota_tumani_hokimligi)👈

Slide 1 of 4