Navro‘z MFYda obodonlashtirish ishlari: ichki yo‘llar asfaltlandi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A. Avliyakulov 13-Mexnatobod saylov okrugidan saylangan deputat N. Ilmurodova hududidagi Navro‘z MFY hududida bo‘ldi. Tashrif davomida mahalla faoliyati atroflicha o‘rganilib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlash ishlari bilan tanishilib, infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar ijobiy baholandi. Bu kabi amaliy ishlar fuqarolar uchun qulaylik yaratish, hudud obodligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.