Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati N. Xamidova tomonidan Xalqobod MFY hududidagi Xalqobod ko‘chasida mavjud sanitariya holati o‘rganilib, xususan, maishiy chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilmayotganligi oqibatida atrof-muhit tozaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatilayotgani aniqlandi. O‘rganishlar jarayonida mazkur holat aholi o‘rtasida asosli e’tirozlarga sabab bo‘layotgani, shuningdek, sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda noqulayliklar keltirib chiqarayotgani qayd etildi. Mazkur muammoni deputat N.Xamidova tomonidan joyida hal etildi.