Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Xushvaqtov, Samarqand viloyati “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakili hamda tuman “Milliy tiklanish” partiyasi Kengashi raisi B.Rasulova bilan hamkorlikda tumandagi 61-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔹O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, shuningdek, pedagog xodimlarning faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Sinfxonalarning jihozlanishi, o‘quvchilarning darslardagi ishtiroki hamda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, mas’ullar tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5