Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat o'rganish

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati G.Raxmonova va tuman hokimining oʻrinbosari R.Kuchkarov, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan aholi bilan oʻtkazilgan ochiq muloqatda kelib tushgan murojaatlar yuzasidan masʼullar ishtirokida "Zangiota" mahalla fuqarolar yigʻinida oʻrganish olib borildi.

Oʻrganish davomida murojaatlarga asosan "Beshlola" koʻchasidagi eski sim yogʻochlarni almashtirish, "Beshlola" va "Termiz" koʻchalaridagi xonadonlarning ichki qismidan oʻtgan ariqlarni koʻchaga koʻchirish masalalari koʻtarildi.

Oʻrganish jarayonida aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha tuman kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlariga aniq vazifalar belgilab berildi.

Deputatlar tomonidan aholi muammolarini joyida oʻrganish va ularning yechimini taʼminlash boʻyicha ishlar faol davom ettiriladi.

Slide 1 of 4