Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda

Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Kenjayeva, tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari O. Abdiyeva, Kengash huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zosi S. Nurullayeva, hudud deputati X. Yaxshiyeva, mahalla raisi A. Nasrullayev hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Muborak tuman Kengashi raisi R. Abdullayevlar tomonidan Sariq MFYda faoliyat yuritayotgan “Qodirjon Nasullayev” MCHJ issiqxonasi faoliyati manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺O‘rganish jarayonida issiqxonada 8 nafar doimiy va 12 nafar mavsumiy ishchi faoliyat yuritayotgani, bodring 3 gektar, pomidor 1 gektar maydonda yetishtirilayotgani, yil davomida ikki marta hosil olinayotgani hamda mahsulotlar ichki bozorga yo‘naltirilayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, tadbirkor bilan muloqot o‘tkazilib, uning faoliyatidagi mavjud muammolar eshitildi.

🔺O‘rganish natijasi davomida issiqxona faoliyati barqaror yo‘lga qo‘yilgani, aholi bandligini ta’minlashga va ichki bozorni sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, ayrim tashkiliy va resurslar bilan bog‘liq muammolar mavjudligi qayd etildi.

✅ Xulosa: Issiqxona faoliyatini yanada rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, mahsulot hajmini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5