Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Lutfiy” mahallasida okrug deputati R.R. Xidiyatulina mavjud muammolar yuzasidan organish olib bordi.

“Lutfiy” mahallasida okrug deputati R.R. Xidiyatulina tashabbusi bilan MFY xodimlari ,hududda kommunal xizmatlar faoliyatini olib borayotgan “Maxsustrans” inspektori K. Islamova hamda MFY boshqaruv servis kompaniyasi buxgalteri K. Ismoilova ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:⬇️

Chiqindilarni olib chiqish va hududni tozalash ishlari:

Maishiy chiqindilarni olib chiqishning amaldagi jadvali va hajmi tahlil qilinib, ayrim ko‘chalarda chiqindi konteynerlari yetishmasligi qayd etildi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida hududiy grafikni qayta ko‘rib chiqish hamda qo‘shimcha konteynerlar o‘rnatish zarurligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Hisob-kitob va to‘lovlar masalasi:

MFY boshqaruv servis kompaniyasi buxgalteri tomonidan xizmatlar narxi, hisob-fakturalarni rasmiylashtirish va hisobga olish tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. 

Shuningdek, ayrim fuqarolar orasida to‘lovlar bilan bog‘liq norasmiylik yoki aniqlik yetishmasligi yuzasidan shubhalar mavjudligi bildirildi.

 Shu munosabat bilan hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash maqsadida tegishli hujjatlar, jumladan arxiv ma’lumotlari va to‘liq moliyaviy hisobotlarni taqdim etish vazifasi belgilandi.

Slide 1 of 4