Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
O‘tgan hafta 6 – 10-iyul kunlari davomida Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X. Sharipov tomonidan tumandagi “Gulobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi.

alq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X. Sharipov tomonidan tumandagi “Gulobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi.

✍️O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar muammolarini hal etish borasidagi faoliyati tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🗓️Uchrashuv davomida yoshlar yetakchisi bilan mavjud muammolar, ularning yechimlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🌐Yakunda yoshlar bilan ishlash sifatini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4