Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Qurbonova mahallada yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida mahallada 16–30 yosh toifasidagi jami 736 nafar yosh istiqomat qilishi, shundan 374 nafari qizlar ekani aniqlandi. Yoshlar uchun tashkil etilayotgan tadbirlar ma’lum darajada ijobiy samara berayotgan bo‘lsa-da, ayni paytda 11 nafar yoshning bandligi ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi.

Shu yil davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, futbol, gandbol, basketbol va voleybol sport turlari uchun sport anjomlari yetkazib berilgan, 2 nafar yoshning o‘qish kontrakt to‘lovlari qoplab berilgan.

Biroq o‘rganish jarayonida ayrim kamchiliklar ham aniqlangan. Jumladan, avtotransport haydovchilarini tayyorlash uchun subsidiya ajratilmagan, nogironligi bo‘lgan yoshlarning parasport to‘garaklariga qatnashish xarajatlari qoplanmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga ijara kompensatsiyasi to‘lanmagan.

Shuningdek, yoshlarning axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlari qoplanmagani, ta’lim, madaniyat, san’at, sport hamda IT yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmagani qayd etildi.

Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bandligini ta’minlashni kuchaytirish hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida deputat tomonidan tegishli takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 1