Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati faoliyatidan
⭐️ Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyatida kotibiyat mudiri hamda bosh mutaxassislar ishtirokida navbatdagi haftalik ish taqsimoti yig‘ilishi o‘tkazildi.
📥 Yig‘ilish davomida kelgusi hafta davomida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilab olindi.
📉 Xususan:
— Doimiy komissiya va partiya yig'ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish
— Deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish
— Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish
— Hududlarda o‘rganish va nazorat tadbirlarini tashkil etish
— Qabul qilingan qarorlar ijrosini monitoring qilish
🤝 Shuningdek, kotibiyat xodimlari o‘rtasida vazifalar aniq taqsimlanib, ijro intizomini mustahkamlash, ish samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️ Yig‘ilish yakunida barcha mutaxassislarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🌐 Izchil rejalashtirish va samarali tashkil etilgan ish — natijador faoliyat garovidir.