Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Aholi xavfsizligi va barqaror elektr ta’minoti — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich tomonidan aholi murojaatlari asosida Yunusobod tuman elektr tarmoqlari mas’ullariga navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Masala mohiyati va xalq manfaati

Yunusobod tumani Hasanboy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, xususan Baraka 2-tor ko‘chasidagi 18-uydan 27-uygacha bo‘lgan xonadonlar atrofida elektr ta’minoti bilan bog‘liq jiddiy muammo mavjud.

Mazkur hududda elektr energiyasini uzatish uchun foydalanilayotgan ochiq turdagi eski simlar hanuzgacha yog‘och tirgaklarda joylashgan bo‘lib, ular avariya holatida turibdi. Aholi murojaatlariga ko‘ra, ushbu holat elektr energiyasida uzilishlar, kuchlanishdagi o‘zgarishlar hamda fuqarolar hayoti va mulkiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, mazkur masala yuzasidan avval ham deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi kunga qadar muammo to‘liq bartaraf etilmagan. Bu esa aholining asosli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Deputatlik so‘rovida quyidagi masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi:

✅ Baraka 2-tor ko‘chasidagi 18–27-uylar oralig‘ida mavjud eski ochiq elektr simlarini zamonaviy va xavfsiz SIP simlariga almashtirish bo‘yicha texnik xulosa tayyorlash;

✅ Yog‘och tirgaklardan foydalanishni to‘xtatib, elektr simlarini yaqin atrofda o‘rnatilgan beton tirgaklarga o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish;

✅ Amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mahalla aholisi bilan rasmiy tushuntirish ishlari olib borish va fuqarolarni xabardor qilish;

✅ Mazkur masala bo‘yicha aniq muddatlar hamda bajarilish jadvali ko‘rsatilgan holda deputatga yozma axborot taqdim etish.

Aholi xavfsizligi, barqaror elektr ta’minoti va mavjud muammolarning amaliy yechim topishi deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1