Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchko‘prik tumanida qurilish chiqindilarini bartaraf etish va hududni toza holatga keltirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi ertangi kun rejalari deputat o‘rganuvi diqqat-markazida bo‘ldi
янв.21
IJTIMOIY BARQARORLIK – SHUKRONALIKDAN NISHONA
янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Tuproqqal’a tuman Kengashi tashabbusi bilan “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida tuman Madaniyat uyida nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston” mavzusida rasm chizish tanlovi tashkil etildi. Mazkur tadbir tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Nogironlar jamiyati tuman bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi g‘oliblarni aniqlashdan iborat bo‘lmay, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ichki hissiyotlarini san’at orqali ifoda etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratildi.

Tadbirda partiya faollari, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, tuman Kengashi deputatlari Soburjon Allayarov va Nafosat Allaberganova, Nogironlar jamiyati tuman bo‘limi boshlig‘i Maqsuda Odinayeva hamda 13-son Bolalar musiqa va san’at maktabi direktor o‘rinbosari Hasanboy Otajonov ishtirok etib, yoshlarga samimiy tilaklar bildirdilar hamda ularning ijodiy ishlariga yuqori baho berdilar.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar, faxriy yorliqlar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Slide 1 of 2