35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi
янв.21
Oilalar totuvligi — jamiyat farovonligining muhim omili
янв.21
O‘tgan haftaning faol deputatlari
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xitoylik investorlar bilan Uchko‘prik tumanida qiymati 22 million dollar bo‘lgan yangi loyihani amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi
янв.21
Mahalla namunali hududga aylantiriladi – obodonlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — yangi imkoniyatlar sari
янв.21
Ijtimoiy himoya - deputat nazoratiga olindi
янв.21
Suyultirilgan gaz ta’minoti – aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini topishda muhim omil
Aholiga sifatli tibbiy yordam ko’rsatish deputat nazoratida. Aholiga zarur davolash va profilaktik tibbiy xizmatlar o’z vaqtida va yuqori sifatda taqdim etilishi uchun barcha choralar ko’rildi.

Mahalla aholisi uchun tibbiy yordam ko’rsatish masalasi 13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova tashabbusi bilan  bu yo’nalishda tizimli nazorat olib borildi. Aholiga zarur davolash va profilaktik tibbiy xizmatlar o’z vaqtida va yuqori sifatda taqdim etilishi uchun barcha choralar ko’rildi.

O’rganish jarayonida poliklinika va shifoxonalarda bemorlarni qabul qilish

tartibi, navbatlar tizimi, shifokor va hamshiralarning kasbiy mas’uliyati,

bemorlarga munosabati alohida tahlil qilindi. Shuningdek, dori-darmonlar bilan

ta’minlanganlik darajasi, tibbiy jihozlarning holati va ulardan samarali

foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Ayniqsa, tez tibbiy yordam xizmatining aholi murojaatlariga o’z vaqtida javob berishi, chaqiriqlarga yetib borish tezligi va ko’rsatilayotgan yordam sifati muhim mezon sifatida baholandi.

O’rganishlar natijasida sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning roziligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko’rsatish – sog’lom jamiyatni barpo etishning muhim omillaridan biri bo’lib, bu boradagi ishlar deputat nazoratida doimiy ravishda davom ettiriladi.
 

Slide 1 of 1