35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchko‘prik tumani delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida samarali muzokaralar o‘tkazildi
янв.21
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
янв.21
Geografik obyektlar nomlari davlat tilida me’yorlashtiriladi
янв.21
Ochiq muloqot: deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tomorqadan unumli foydalanish va obodonlashtirish — deputatlik nazoratida
янв.21
Fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi
янв.21
Oilalar totuvligi — jamiyat farovonligining muhim omili
янв.21
O‘tgan haftaning faol deputatlari
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xitoylik investorlar bilan Uchko‘prik tumanida qiymati 22 million dollar bo‘lgan yangi loyihani amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi
Ma’naviyat maskaniga tashrif

 Ma’naviyat maskaniga tashrif 

 Bugun Ohangaron tumani "Gulobod" okrugi
deputati, O‘zLiDeP a’zosi Bahromjon Norqobilov hamda kotibiyat mudiri Madhiya Nishanova,
shuningdek, "Go‘shsoy" okrugi deputati Qayum Mirzaev
va "Tut" saylov okrugi deputati Shoira
To‘laganovalar taniqli shoir Barot Isroil xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar
olishdi.
 

 Toshsoy qishlog‘idagi mo‘jaz kutubxona va ijodxonada o‘tgan samimiy suhbat davomida shoirning
ijodiy faoliyati haqida fikr almashildi.
 

“Barot Isroilning mazmunli hayoti va
ijodi barchamiz uchun haqiqiy namuna”, — deya ta’kidlandi uchrashuvda.
 

Tashrif davomida "Gulobod" okrugi deputati Bahromjon Norqobilov ayrim muammolarni o‘rganib, ularni hal etish
bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirdi.
 

Ushbu uchrashuv Ohangaronda ijodkorlarga bo‘lgan yuksak ehtirom va ma’naviyatga qaratilayotgan e’tiborning yana bir yorqin
namunasi bo‘ldi.
  

Slide 1 of 2