Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Deputat nazorati

 Sifatli tibbiy
xizmat — deputat nazoratida 

 Ohangaron tumanida
aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, fuqarolarning sog‘lig‘ini
muhofaza qilish hamda ularni dori-darmonlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalalari
doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda. Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi
deputati Ibrohim Rahmanov tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan o‘rganishlar
ayni maqsadga qaratilmoqda. 

 Navbatdagi o‘rganishlar “Eyvalek”
mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan oilaviy poliklinikada tashkil etildi.
Deputat mazkur tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati,
qabul jarayonlarining tizimliligi hamda bemorlarga munosabat masalalarini atroflicha
o‘rgandi. 

 Tashrif davomida, ayniqsa,
aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatiga alohida e’tibor
qaratildi. Mavjud imkoniyatlar, zaxiralar va ularning aholiga yetkazilish mexanizmi
tahlil qilinib, ayrim masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Shuningdek,
bemorlarni qabul qilishda navbatlar masalasi, tibbiy xodimlarning ish samaradorligi
va xizmat ko‘rsatish madaniyati ham diqqat markazida bo‘ldi. 

 O‘rganishlar yakunida
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish
hamda aholini dori-darmonlar bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif
va tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 3