Yangiliklar

BOSH MAQSAD - IJTIMOIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH

 Xorijda mehnat qilayotgan uchko‘priklik yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi. Uchko‘prik tumani hokimi, mahalliy kengash deputati
Qodirjon Erkaboyev va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Ishankulov Rossiya, Qirg‘iziston, Turkiya va Janubiy Koreyada ishlayotgan uchko‘priklik
yoshlar bilan muloqot o‘tkazishdi. Onlayn muloqot davomida har bir yoshning ish va yashash sharoiti, oylik daromadlari, muammo va takliflari batafsil o‘rganildi. Ularga o‘zlari mehnat qilayotgan davlatning migratsiyaga doir talablariga amal qilish borasida tavsiyalar berildi. Shuningdek yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi. Ularga tumanda mavjud bo‘lgan yuqori daromadli ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar tushuntirildi.
 

Aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda tuman hokimi, mahalliy kengash
deputati Qodirjon Erkaboyev, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sattarxo‘ja Akbarov, tuman prokurori O‘ktamjon Yo‘lchiyev, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Ishankulov, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari ishtirokida aholi murojaatlari ko‘rib chiqildi. Fuqarolarning kommunal soha, bank krediti, uy-joy, dehqonchilik va tadbirkorlik uchun yer ajratish, elektr va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, tibbiy xizmat kabi masalalar bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, ularga yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Murojaatlarga qabul davomida ijobiy yechimlar topilmoqda, ijrosi yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar tegishli idora va tashkilotlar mutasaddilari bilan ko‘rib chiqiladi.
 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1