35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
#doimiy komissiya_faoliyati

Shu oyda sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib oʻrganildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 2025-yil yakunlari hamda 2026-yil birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan nazorat tartibida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

✔️Ushbu o‘rganishlar doirasida tumandagi 33–42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyati ishchi guruh tomonidan atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, ta’lim sifati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘qituvchilarning malakasi, moddiy-texnik baza holati hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish ko‘rsatkichlari o‘rganildi.

✔️Ishchi guruh tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

✔️Mazkur nazorat tadbirlari ta’lim tizimida samaradorlikni oshirish, yosh avlodga sifatli bilim berish hamda sohadagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6