35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
MAHALLADA JAMOAT XAVFSIZLIGI VA SANITAR TOZALIK MASALALARI OʻRGANILDI

 MAHALLADA JAMOAT XAVFSIZLIGI VA SANITAR TOZALIK MASALALARI OʻRGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Tillayeva kotibiyat bosh mutaxassisi
M.Toʻxtasinov bilan birgalikda Toshkent mahalla fuqarolar yigʻinida
profilaktika inspektori tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarini
oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati hamda “Fargʻona tozalik
sanitar servis” MChJ Quva tuman filiali tomonida mahalla hududidan
chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi masalalari oʻrganildi. 

Oʻrganishlar davomida joriy yilning birinchi choragida mahalladagi kriminogen vaziyat,
huquqbuzarlik va jinoyat holatlarini oldini olish boʻyicha profilaktika
ishlarining samaradorligi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar holati tahlil qilindi, mahallada bu
borada olib borilayotgan ishlar natijasida bironta ham jinoyat holatlari sodir
etilmaganligi, 2026-yilning birinchi choragida profilaktika inspektoriga 140 ta
murojaat kelib tushgani, ularning barchasi belgilangan tartibda va oʻz vaqtida
koʻrib chiqilgani, shuningdek, olib borilgan manzilli profilaktik
chora-tadbirlar natijasida 5 ta jinoyatning oldi olingani eʼtirof etilib,
kelgusidagi vazifalar yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, deputat tomonidan “Fargʻona tozalik sanitar servis” MChJ Quva tuman filiali
rahbari ishtirokida mahalla faollari bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, masʼul
tashkilot tomonidan mahalla aholisiga koʻrsatilayotgan xizmat sifati, xususan
chiqindilarni oʻz vaqtida va belgilangan grafik asosida olib chiqib ketish
holati atroflicha oʻrganildi. 

Oʻrganish davomida xizmat koʻrsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni
bartaraf etish yoʻllari muhokama qilinib, mahalla faollari tomonidan
bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida aholiga xizmat koʻrsatish
samaradorligini oshirish, chiqindilarni oʻz vaqtida yigʻib olish tizimini
yanada takomillashtirish boʻyicha masʼul tashkilot rahbariga tegishli
tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2