Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Mahalla xodimlarining ish faoliyati deputat ishtirokida ko’rib chiqildi.

11-Toshrabot saylov okrugi deputati M.Umurova hamda tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayevlar ishtirokida bo'lib o'tdi. Muhokama doirasida aholi muammolarini hal etish, bandlikni ta'minlash, ijtimoiy himoya, xavfsizlik va rivojlanish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar ko'rib chiqilib,

deputat tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar berildi.

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o’z vaqtida hal etish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida mahalla fuqarolar

yig’inida navbatdagi choraklik hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda, avvalo, mahalla raisi tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, obodonlashtirish va ijtimoiy masalalarni hal etish borasidagi faoliyat yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash, moddiy yordam ko’rsatish, kam ta’minlangan aholi qatlami bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Yoshlar yetakchisi o’z chiqishida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo’naltirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va turli tadbirlarga jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida to’xtalib o’tdi. Hokim yordamchisi esa hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va aholi

daromadlarini oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Xotin-qizlar faoli tomonidan  ayollarni qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yoritildi. Shuningdek, mahalla inspektori tomonidan hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini

ta’minlash va profilaktika ishlarining holati yuzasidan axborot berildi.

Deputat tomonidan har bir hisobot yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish bo’yicha tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.

Yig’ilish yakunida mahallada olib borilayotgan ishlar tizimli davom ettirilishi

va aholi manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1