Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 24- “Baliqliko‘l” saylov okrugidan deputat F.Bahodirov “Baliqliko‘l” MFY hududidagi “Sulton Uvays Qaroniy” ziyoratgohiga borish yo‘lida mavsumiy yog‘ingarchiliklar hatijasida handaklar paydo bo‘lgani ziyoratgohga keluvchilar va aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgani yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar bilan javob berildi.

Chortoq tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan so‘rovnoma ijrosi doirasida ishlar boshlangani, mazkur ziyoratgoh yo‘lida ta’mirlash jarayoni qizg‘in davom etayotgani ma’lum qilingan.

️O‘z navbatida,Xalq deputatlari tuman Kengashi nomidan aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan muammolarni bartaraf etishga mas’uliyat bilan yondoshayotgan tuman xokimining soha bo‘yicha o‘rinbosari A.Rustamov va Yo‘llardan foydalanish korxonasi xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Slide 1 of 4