Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Yodgor Sagdiyev Olmazor tumanidagi “Chig‘atoy Darvoza” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

 Unda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva, Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri D. Ravshanbekov, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

 Deputat o‘z axborotida hisobot davrida hududlarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganilgani va amaliy choralar ko‘rilganini ta’kidladi. Shuningdek, u Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etishga qaratilgan takliflar ilgari surganini qayd etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda muhokamalar o‘tkazilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

 Shuningdek, deputat tomonidan hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularni ijobiy hal etish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingani ta’kidlandi.

 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda ishlar olib borilishi, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ularning ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 7