Yangiliklar

#deputatlik_faoliyati #deputatlar_nazorati #xalq_murojaatlari

Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani Kengashi raisi Matmuratova Munira Xalillaevna, o‘z ish faoliyatini bugun ertalabdan tizimli ravishda boshladi.

📉 Xususan, kunni “E-kengash” elektron platformasiga kirib, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni atroflicha o‘rganishdan boshladi.

📊 Shuningdek, murojaatlar ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, ularning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

📌 Kengash raisi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularni tizimli ravishda o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish ishlari izchil davom ettiriladi.

✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 2