Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🌿 Deputatlar issiqxona faoliyati bilan tanishdi

🌿 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda tuman Kengashining 5-Guliston–Galaguzar saylov okrugidan saylangan deputat O. Umarov tomonidan “Guliston” mahalla hududida joylashgan issiqxona xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🌾 Tashrif davomida issiqxonalarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati, yetishtirish jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy agrotexnologiyalar hamda aholining bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, jumladan 30 ta yangi ish o‘rni yaratilganligi alohida e’tirof etildi.

🥕 Mutasaddilar tomonidan issiqxona faoliyatini yanada kengaytirish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish hamda ichki bozorlarni sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 Bunday tashriflar hududlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5