Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Mehnat bozoriga kirib kelayotgan tadbirkor yoshlar
#sessiya 🚔 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi Kengash nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, tumanda “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yo‘l harakati xavfsizligi holati navbatdagi sessiyada atroflicha muhokama qilinadi.

Shu munosabat bilan Ishtixon tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘iga rasmiy xat yuborildi.

📄 Mazkur xatda taqdim etiladigan axborotda quyidagi masalalar bo‘yicha aniq, asosli va manzilli ma’lumotlar aks ettirilishi so‘raldi:

🔹 2026-yil I choragida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va YTHlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

🔹 xavfli chorrahalar, piyodalar o‘tish joylari, maktab va bog‘chalar atrofidagi muammoli hududlar;

🔹 yo‘l belgilari, svetoforlar, sun’iy notekisliklar, yoritish vositalari va piyodalar yo‘laklari bilan bog‘liq bajarilgan ishlar;

🔹 eng ko‘p yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotgan hududlar, ularning sabablari va ko‘rilgan choralar;

🔹 maktablar, bog‘chalar, bozorlar va aholi gavjum joylarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

🔹 mavjud muammolar hamda 2026-yil II chorak uchun aniq reja va takliflar.

⚠️ Kengash tomonidan axborot umumiy ma’lumot shaklida emas, balki har bir hudud, ko‘cha va manzil kesimida, aniq raqamlar va dalillar bilan taqdim etilishi talab qilindi.

Shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘ining sessiyada shaxsan ishtirok etishi hamda belgilangan muddatda yozma axborotni taqdim etishi so‘raldi.

🚦 Fuqarolar xavfsizligi, ayniqsa maktablar va aholi gavjum hududlarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining doimiy nazoratida bo‘lib qoladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1