Yangiliklar

📌 DEPUTAT SO‘ROVI YO‘LLANDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O.Yo‘ldoshova tomonidan Mevazor mahallasidagi 4-son maktab atrofida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan deputat so‘rovi kiritildi.

Unda Nurafshon ko‘chasida piyodalar uchun trotuar, yurish va yugurish yo‘lakchasi hamda veloyo‘lak tashkil etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Mazkur so‘rov belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.