Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM

AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM

Navoiy shahrida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida sayyor qabullar izchil tashkil etilmoqda. Joriy yilning 13-aprel kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Mirzaev Alisher Umirzakovich Navoiy shahar hokimi bilan hamkorlikda “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda mahalla fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, xususan, kommunal xizmatlar, yo‘llar ta’miri, ichimlik suvi ta’minoti, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar bilan chiqishdi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Qabul davomida ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga muddatlar belgilab berildi.

Shu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning dardu tashvishlarini tinglash hamda muammolarga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6