Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Mehnat bozoriga kirib kelayotgan tadbirkor yoshlar
Navoiy shahrida maktab sport zali faoliyati ko‘zdan kechirildi

Navoiy shahrida maktab sport zali faoliyati ko‘zdan kechirildi

Navoiy shahrida ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qo‘ziyev Ravshan Rayimovich hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri Xafizov Jo‘rabek O‘ktam o‘g‘li 3-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida maktabdagi sport zal faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida ishtiroki, ular uchun yaratilgan sharoitlar va mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, o‘qituvchilar va mas’ul xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud holat yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Suhbatlar davomida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, ularda iroda va jamoaviylik fazilatlarini rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.

Tashrif yakunida mas’ullar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar kelgusida amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. Bu kabi amaliy o‘rganishlar ta’lim muassasalarida tarbiya va ta’lim sifatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5