Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI VA “MADAD” NNT HAMKORLIGI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish hamda huquqiy ma’rifatni oshirish yo‘nalishida imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda memorandumning ahamiyati inobatga olinib, mahalliy vakillik organlari faoliyatini huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar aholiga sifatli yuridik xizmatlar ko‘rsatish, mahalliy Kengash qarorlarini birgalikda ishlab chiqish, Kengash deputatlari hamda kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar. Yig‘ilishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, kotibiyat bosh mutaxassislari To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li, Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li hamda Parkent tumani “Madad” NNT byurosi bosh mutaxassisi BahtiyorUmarbekovlar ishtirok etdilar. Shuningdek, hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida aholi uchun sayyor qabullar tashkil etish, deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarida birgalikda ishtirok etish, Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun seminarlar o‘tkazish, mahalliy Kengash va doimiy komissiyalarning nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishga ko‘maklashish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. 

Slide 1 of 3