Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Deputatlar tumanda “Tashabbusli budjet” loyiha doirasida foydalanishga topshirilayotgan obyektlarni o‘rgandi

Muzrabot tumanida 2025-yilgi “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumida g‘olib deb topilgan tumanning "Fayziobod" mahallasidagi 27-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida zamonaviy sport infratuzilmasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri- deputat D.Sherboyev hudud deputati A.Do‘sanov bilan tumandagi “Fayziobod” mahallasiga borib, jarayonlar bilan tanishdilar.

Mazkur loyiha doirasida maktab hududida mini stadion, workout maydonchasi (ochiq sport maydonchasi) hamda yuvinish xonalari qurilib, to‘liq foydalanishga topshirildi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami 1 milliard 264 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada, maktab o‘quvchilari, shuningdek, mahalla aholisi uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini olib borish uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratildi.

Yangi sport inshootlarining foydalanishga topshirilishi maktab jamoasi hamda mahalla aholisi tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.

Slide 1 of 7