Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari I.Normurodova, T.Nazarov, D.Raxmatullayev kotibyat bosh mutahassisi B.Xoliqjonovalar tomonidan Olmazor tumani Xazrati Imom MFY hududida mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari I.Normurodova, T.Nazarov, D.Raxmatullayev kotibyat bosh mutahassisi B.Xoliqjonovalar tomonidan Olmazor tumani Xazrati Imom MFY hududida mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad — Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik Tavsiyalar asosida: hudud aholisi bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan takliflarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan:

mahalla hududida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi transformator o‘rnatish zarurligi, mavjud transformator quvvatining yetarli emasligi sababli elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilayotgani;

hududda yosh oilalar va aholining ortib borayotgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda yangi davlat maktabgacha ta’lim muassasasi (bog‘cha) qurish zarurligi;

mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish hamda ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Deputatlar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyida batafsil o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish, masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorligida ko‘rib chiqish hamda bosqichma-bosqich ijobiy hal etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal infratuzilmani yaxshilash hamda aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan kelgusidagi aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Mazkur sayyor qabul aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda deputatlarning joylarda olib borayotgan amaliy faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qildi.

Slide 1 of 6