Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi doimiy komissiyalarning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari loyihasi batafsil ko‘rib chiqildi, muhokama qilindi va uni Kengashning navbatdagi sessiyasiga kiritish taklifi bildirildi.
Yig‘ilishda quyidagi doimiy komissiyalar tomonidan ishlab chiqilgan ish rejalari taqdim etildi:
Mahalliy budjet, tadbirkorlik va iqtisodiy islohotlar;
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport;
Korrupsiyaga qarshi kurash va xavfsizlik;
Reglament va deputatlik odob-axloqi;
Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari.
Har bir komissiya tomonidan ishlab chiqilgan ish rejalari muhokama qilindi va tegishli tavsiyalar bildirildi. Shu asosda, loyihalarni Kengashning navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish taklif etildi.