Yig‘ilish davomida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir masala yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildirilib, ularni yanada puxta tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamalar jarayonida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan masalalar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.
Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida kun tartibidagi masalalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Yakunda navbatdagi sessiya uchun muhim bo‘lgan masalalar shakllantirilib, ularni ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Mazkur yig‘ilish sessiya ishlarini samarali tashkil etish hamda muhim qarorlar qabul qilishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.