Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA TUMAN KENGASHI VA KOTIBIYATI TOMONIDAN 2026-YIL 6–10-APREL KUNLARI UCHUN BELGILANGAN ISH REJASI IJROSI TA’MINLANDI

XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA TUMAN KENGASHI VA KOTIBIYATI TOMONIDAN 2026-YIL 6-10-APREL KUNLARI UCHUN BELGILANGAN ISH REJASI IJROSI TA’MINLANDI

Joriy hafta davomida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi va kotibiyati tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.

Hafta davomida Kengash raisi B.Axmadjonov, kotibiyat mudiri Sh.Raximov, kotibiyat bosh mutaxassisi O.Dadajonova hamda deputatlar B.Abdulmamatov, B.Sobirova, S.Mirzaeva, G‘.Sayidmirzaev, I.Abduraxmonov, Q.Makarov, F.Omonovalar faol ishtirok etdilar.

Mazkur jarayonlarda doimiy komissiya yig‘ilishlari va nazorat tadbirlari doirasida iqtisodiy dasturlar ijrosi, budjet mablag‘lari samaradorligi, investitsiya va bandlik masalalari hamda infratuzilma holati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, manzilli o‘rganishlar orqali mahallalardagi muammolar aniqlanib, ular yuzasidan deputatlik so‘rovlari kiritildi hamda ijro ustidan nazorat kuchaytirildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqotlar va qabullar tashkil etilib, murojaatlar joyida ko‘rib chiqildi.

✳️ Umumiy xulosa:

Hafta davomida deputatlar faol ishtiroki asosida ochiqlik, hisobdorlik va natijadorlik tamoyillari kuchayib, davlat dasturlari ijrosi hamda aholi muammolarini manzilli hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirildi.

Slide 1 of 6