Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Navoiy shahridagi avtobus bekatlari holati o‘rganildi

Navoiy shahridagi avtobus bekatlari holati o‘rganildi

Joriy yilning aprel oyida Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi kotibiyati tomonidan shahar avtobus bekatlari holati o‘rganildi. Tekshiruvda kotibiyat mudiri J. Hafizov va kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toyirov ishtirok etdilar.

Mutaxassislar bekatlarning qulayligi, tozaligi, xavfsizligi va yo‘lovchilar uchun infratuzilmalar mavjudligini baholadilar. Kuzatuvlar natijasida ayrim bekatlarda o‘rinlar yetishmasligi, yoritish va xavfsizlik signalizatsiyasi nosozligi, yo‘nalish tablolarining buzilishi va chiqindilarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar aniqlangan.

Rahbarlar ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va bekatlarni zamonaviy talablar bilan moslashtirish zarurligini ta’kidladilar. Shahar ma’muriyati va transport tashkilotlari bilan hamkorlikda bekatlarni modernizatsiya qilish va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha reja ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3