Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengashning 2026-yil may oyi uchun ish rejasi
янв.21
2026-yil may oyi davomidagi deputatlarning uchrashuvlar o‘tkazish reja-jadvali
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish - muhim bosqich
янв.21
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Mehnat bozoriga kirib kelayotgan tadbirkor yoshlar
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi

📌 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi

📄 Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 4-Muhandislar saylov okrugi deputati Fazilov Ramiz Yasharovichga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

- Oʻzbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida” 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-263-son Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida” 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining ““Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2020-yil 17-avgustdagi O‘RQ-633-son Qonuni.

📃 Mazkur eng muhim qonunlarning mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanishidan asosiy maqsad — Kengash faoliyati samaradorligini yanada mustahkamlash, qonunchilik normalarini mukammal o‘rganish hamda ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashni taʼminlashdan iborat.

📊 Shuningdek, ushbu deputatga Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li mas’ul etib biriktirildi. Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning huquqiy bilimlarini oshirish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.