Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
янв.21
AHOLI MUROJAATLARIGA E’TIBOR
янв.21
DEPUTAT O‘RGANUVI – AMALIY NATIJA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
Uchko‘prik tumanida qurilish chiqindilarini bartaraf etish va hududni toza holatga keltirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
DEPUTATLAR TOMONIDAN MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari hamda Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Toshloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni ta’minlash maqsadida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur rejalar ijrosini ta’minlash doirasida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J. Shermatov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘jamberdiyevlar tomonidan So‘filar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–393-son qaroriga muvofiq, Toshloq tumani “So‘filar” MFY hududida joylashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari manzilli ro‘yxatga kiritilgan. Hozirgi kunda ushbu loyiha bo‘yicha pudrat tashkilotlarini aniqlash maqsadida tender tanlovlari jarayonlari davom etmoqda.

O‘rganish jarayonida mazkur loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarning holati, tayyorgarlik bosqichlari hamda belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, rekonstruksiya ishlari boshlanishi bilan qurilish jarayonlarini sifatli tashkil etish, belgilangan texnik talab va me’yorlarga qat’iy rioya qilish, ishlarni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6